“Tolibon” xitoyliklarga hujum qilgan 2 kishini hibsga oldi

Olam

image

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida Xitoy fuqarolariga qaratilgan hujum bo‘yicha olib borilgan surishtiruvlar natijasida “Tolibon” ikki gumondorni hibsga olganini ma’lum qildi.

“Tolibon” xavfsizlik departamenti vakili Ehsonulloh Komgorning ma’lum qilishicha, hibsga olish ishlari 1 dekabr kuni Maymai tumanida amalga oshirilgan. Biroq, hibsga olinganlarning shaxsi oshkor qilinmagan.

Voqea 30 noyabr kechasi Tojikistonning Darvoz tumanidagi Shodaki qishlog‘ida, xitoylik yo‘l qurilishi ishchilariga qarshi uyushtirilgan hujum bilan boshlangan. Oqibatda ikki xitoylik fuqaro halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat olgan.

Hodisadan so‘ng, Dushanbedagi Xitoy elchixonasi Tojikiston rasmiylaridan chegara hududlarida ishlayotgan Xitoy kompaniyalari va xodimlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni talab qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Afg‘onistondan sodir bo‘lgan hujumlar oqibatida Xitoy fuqarolarining jami besh nafari halok bo‘lib, yana besh kishi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur holat yuzasidan, 1 dekabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon xavfsizlik kuchlari bilan yig‘ilish o‘tkazib, hujumlarni qattiq qoralagani va bunday hodisalarning takrorlanishining oldini olish maqsadida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon hujum xitoyliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing