“Tolibon” ISHID yacheykasini yo‘q qildi
Olam
−
23 mart 2023 7410 1 daqiqa
Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumati tomonidan tuzilgan xavfsizlik kuchlari ISHID terrorchilik guruhining yacheykasini yo‘q qildi. Bu haqda kecha, 22 mart kuni “Tolibon” hukumati vakili Zabihulloh Mujohid Twitter'da ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 22 martga o‘tar kechasi Qobulning 12-mavzesida o‘tkazilgan operatsiya davomida ISHIDning uchta muhim a’zosi yo‘q qilingan. Bundan tashqari, “Tolibon” jangarilardan qurol-yarog‘, qo‘l granatalari, portlovchi moddalar, shuningdek, portlovchi moslamalar yasash uchun materiallarni tortib olgan. Operatsiya davomida “Tolibon” xavfsizlik kuchlari va tinch aholi vakillari jabrlanmagan.
Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, terrorchilar bu boshpanadan Qobulda teraktlar uyushtirish uchun foydalangan. Ular muborak Ramazon oyida muqaddas joylar va tinch aholiga zarba berishni ham maqsad qilgan.
So‘nggi oylarda Afg‘onistonning bir qancha viloyatlarida, jumladan, poytaxt mintaqasida ham Tolibon tarafdorlari, ham tinch aholi halok bo‘lgan qator portlashlar, qurolli hujumlar va otishmalar ro‘y berdi. Xurosondagi ISHID bu voqealarning aksariyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr