Toblangan söz, ulğaygan media – QALAMPIR.UZ 11 yoşda!
Jamiyat
−
13:43 790 4 daqiqa
Bugun 11 yoşdaman! Bugun QALAMPIR.UZ 11 yoşda!
Bundan 11 yil oldin barçasi şunçaki bir ğoya, katta maqsad va qat’iyatdan boşlangan edi. Bugun ortga qarab, bosib ötilgan har bir maşaqqatli va şarafli yölni mamnuniyat va rozilik bilan eslayman.
Hammasi xayoldan boşlanadi, biz xayol qildik va şu kunlarga keldik. Bugun Özbekistonning eng Top medialaridan birimiz. Albatta, bu faxr va mas’uliyat!
Kiçik bir loyihadan mamlakatning eng nufuzli va işonçli axborot platformalaridan biriga aylaniş ortida tun-u kun qilingan mehnat, jamoamizning fidoyiligi va eng muhimi – Siz, aziz kuzatuvçilarimizning çeksiz işonçi turibdi.
Xotiralar yaşaydi, yaşatadi!
2015 yil, yanvar. Ğoya tuğildi, unga QALAMPIR deb nom berdik, ilk harakatlar boşlandi. Jamğargan sarmoyamizni töğri va natijali sarflaşimiz, xato qilmasligimiz kerak edi. QALAMPIR logotipini yasatdik. Öşa vaqtda fotograf Bekzod Mirsodiqov yordamga şoşdi. Mamlakatning eng taniqli şaxslarini töpladik, ular iştrokida ijtimoiy tarmoqlar uçun fotosessiyalar qilindi. Hammasi bepul, beminnat.
Aprel. Ijtimoiy tarmoqlarda maşhurlar sahifasida QALAMPIR yorliği bilan suratlar paydo böldi. Ilk qöllovlar, ilk mazaxlar, ilk hayajonlar... Qaytmadik, çarçamadik, sobit qoldik.
2015 yil, 11 noyabr. Öşa kun keldi. 14 kv. metrdan iborat kiçik xona, ikkita kompyuter, qopqoği yöq elektr çoynak, 56 ming sömga olingan WiFi apparati... Orzular katta edi.
Birinçi kontent-menejerimiz Mirinoğom Isxoqov bilan xayollarda osmonda uçardik. Şu kuni QALAMPIR tor texnik imkoniyatlar bilan işga tuşdi. Qiyin keçdi, start berilganidan köp ötmay, texnik nosozliklarga uçradik. Birin-ketin yengib ötişni örgandik, bizga ham yangi tajriba edi bu. Sinovlarda toblandik, hamon sinovdamiz.
Biz bilan bu yölga kirgan, maqsadlarimizga işongan, orzu qila olganlar köp böldi.
Adiz Ahmedov, Alişer Rözioxunov (marhum) kabi iqtidorli yigitlar mediadagi ilk faoliyatini biz bilan boşladi. Durdona Rasulova, Umida Yakubova, Sohiba Mamadiyorovani QALAMPIR hali heç narsaga erişmagan davrlardayoq yonimizda turgan tajribali jurnalistlar sifatida yodga olamiz. Bahodir Ahmedov, Zafarbek Solijonov bilan ham yöllarimiz tutaşdi, QALAMPIR ularni, ular QALAMPIR’ni töldirdi.
Bobur Jalolov, Muhayyo Saidova, Sunnatilla Abdullayev, Alibek Beyjanov singari Boş muharrirlar QALAMPIR’ning şakllaniş va rivojlaniş tarixida munosib iz qoldirdilar.
Faoliyatning taşkiliy tuzilmasida prodyuser Dilnoza Ahmedovaning roli beqiyos edi, u tartib örnatdi. Keyin bu vazifani Ibrohim Ernepesov mas’uliyat bilan bajardi.
Feruza Najmiddinova, Hulkar Murtazoyeva, Şahzod Şukurov, Umidjon Nozimjonov kabi jurnalistlar faxrlanişga arzigulik materiallarga mualliflik qildi. Yuzlab odamlarning muammolari ular sababli yeçildi. Jurnalistika osmonida mustahkam parvoz uçun haqiqiy qanotni QALAMPIR’da çiqardilar. Hatto, ustoz jurnalist Nozima Vohidova ham internet-mediaga qadamlarini aynan QALAMPIR bilan qöyganlarini alohida e’tirof etadilar, lekin biz ularga örgatganlarimiz oldida ulardan örganganlarimizni köp, deb hisoblaymiz.
Farrux Murodqulov, Asadbek Komilov, Toir Obidov, Abdurahmon Ergaşev, Sardor Ali Nurmatov, Nozima Nazirova kabi yoşlar ham QALAMPIR’ning qat’iyatidan ruhlangan insonlaridan, desak mubolağa bölmaydi. Ular öquvçilar e’tiboriga sazovor bölgan köplab xabarlar, tahlillar, körsatuvlarga mualliflik qildi, jurnalistika sohasida ilk qadamlarini QALAMPIR bilan boşladi.
Media mahsulotlar bölimimiz hamişa quvnoq. Katta imkoniyatlarimiz yöq paytlardayoq bizga işonib yölga çiqqan va eng yaxşi dasturlarning tasvirga olinişiga boşçilik qilgan Zohir Sobirov rahbarligidagi jamoa va Özbekistondagi, adaşmasak yagona ayol montaj ustasi Nozima Şamsutdinovani minnatdorlik bilan eslaymiz. Doston Abdullayev, Umid Sobirov, Izzatilla Qoraboyev iştirokidagi uçlik nafaqat professional operator va montaj ustalari, balki jamoaning pozitiv ruhi edi.
Heç kimni unutmadimmi? Kimki nomini qidirgan-u topolmagan bölsa, aybga yöymang, nomingiz eslanmagan bölsa-da, mehnatlaringiz unutilmagan.
11 yilda sözimiz toblandi, özimiz ulğaydik. Bu jarayonda hozir biz bilan bölgan va hamon yonimizdagilardan minnatdormiz.
Mehnatlarimiz zoye ketmayapti. Bugun bizni nafaqat Özbekistondan, balki dunyoning turli çekkalaridan kuzatişyapti. Saytimizga oyiga 10 milliondan köp taşrif amalga oşiriladi. Instagram’dagi hamrohlarimiz 4,5 milliondan oşgan. YouTube’da allaqaçon 1,7 millionlik oilamiz bor. Facebook’da 300 mingdan ortiq, Telegram’dagi barça kanallarimizda 350 mingga yaqin kuzatuvçi bizni tanlagan. Biz, millionlab öquvçilar armiyasini birlaştirgan katta oilaga aylandik. Har bir öqilgan xabar, maqola, tahlil, har bir munosabat va har bir izohingiz bizni yanada ösişga, haqqoniy va tezkor axborot yetkazişga undaydi.
Biz bilan birga bölganingiz, har kuni bizni tanlaganingiz va eng qiyin pallalarda ham qöllaganingiz uçun yurakdan minnatdorman! Yaxşiyam borsiz, yaxşiyam biz bilan birgasiz!
Qamariddin Şayxov,
QALAMPIR.UZ asosçisi
Live
Barchasi