Tixanovskaya Amerikaning Jon Makkeyn mukofotiga sazovor bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Amerikaning nodavlat Xalqaro Respublika institutining Jon Makkeyn mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Mukofotni topshirish marosimi onlayn formatda o‘tkazilgan.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Tixanovskaya o‘z nutqida Belarusdagi zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirgan. 

Xalqaro Respublika instituti - notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi ayrim mamlakatlarga demokratiyani o‘rnatishda yordam berishdir. Uning direktori 2018 yili vafot etgan respublikachi senator Jon Makkeyn bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan beri namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar saylov natijasidan norozi bo‘lib, namoyishlar uyushtiryapti. Ular saylovni qayta o‘tkazishni talab qilyapti. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.


Maqola muallifi

Teglar

tixanovskaya belarus' makkeyn

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing