Tez orada Toshkentda eng yuqori harakat tezligi pasaytiriladi
Jamiyat
−
10 fevral 2022
7143Tez orada Toshkentda transport vositalari uchun belgilangan maksimal tezlik miqdori kamaytirilishi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning o‘zi Samarqandga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Tashrif davomida Prezident Samarqandda yangi qurilgan yer osti tonneli, yo‘llarni ko‘zdan kechirdi, xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratish haqida so‘zladi.
“Yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 km/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi”, dedi Mirziyoyev.
Avvalroq, Prezident Toshkentga 2016 yilda yo‘q qilingan tramvay qaytishini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda odamlar koronavirusdan ko‘ra yo‘llardagi transport hodisalaridan ko‘proq vafot etayotganini aytgandi.
LiveBarchasi