Teylor Svift amerikalik futbolchiga turmushga chiqdi (video)

Olam

image

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Teylor Svift futbolchi Trevis Kelsiga turmushga chiqdi. Rasmiy to‘y marosimi kecha, 3 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden majmuasida bo‘lib o‘tdi. Marosimni taniqli komik va aktyor Adam Sendler olib bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Juftlik 2025 yil avgust oyida unashtirilganini rasman e’lon qilgan edi. Ularning munosabatlari esa 2023 yilda boshlangan. O‘shanda Trevis Kelsi Taylor Sviftning konsertlaridan birida sahna ortida u bilan uchrashishga uringan, biroq bunga erisha olmagan. Keyinchalik u, bu voqeani o‘z podkastida so‘zlab bergan va aynan shu orqali xonandaning e’tiborini qozongan.

Teylor Sviftning uzoq yillik piar vakilining ma’lum qilishicha, juftlik to‘y marosimida an’anaviy “kelin dugona” va “kuyov jo‘ra” bo‘lishini istamagan. Ularning o‘rniga Teylorning akasi Austin Svift, Travis Kelsening akasi, taniqli futboll yulduzi Jason Kelse shu vazifani bajargan.

To‘y marosimi o‘tkazilgan Madison Square Garden majmuasining tashqi ekranlarida “JUST&T MARRIED!” (“Yangi turmush qurganlar”) degan yozuv namoyish etilgan.

Teylor Svift maxsus tikilgan Christian Dior Haute Couture libosini, Trevis Kelsi esa Dior kostyumini kiygan. Xonanda, shuningdek, Cartier zargarlik buyumlarini taqqan. To‘y marosimidan hozircha hech qanday fotosuratlar e’lon qilinmagan.

Qayd etilishicha, Teylor Svift to‘yidan avval AQSH bo‘ylab faoliyat yurituvchi xayriya tashkilotlariga 26 million dollar xayriya qilgan. Mablag‘ 20 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlangan bo‘lib, ular orasida bolalar shifoxonalari, oziq-ovqat banklari, ta’lim dasturlari hamda ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi muassasalar bor. Shuningdek, Nashville, Kanzas-Siti va Nyu York kabi juftlik hayoti bilan bog‘liq shaharlardagi xayriya tashkilotlari ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing