Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kilo “gashish”ni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg narkotik moddani olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan paytda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada avtomashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinchkovlik bilan tekshirilganda esa, ularning orasiga xuddi kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat, jami 72 kg 300 gramm  “gashish” moddasi yashirilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida aka-ukalardan 4 kilogramm 463 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz kartoshka “gashish”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing