Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga “zam”lar tayinlandi
Jamiyat
−
04 aprel 2024 5676 1 daqiqa
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:
- Abdurauf Abduqayumov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bunga qadar u 2022 yilning fevralidan buyon agentlik direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
- Odiljon Tohirov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lgan. Tayinlovdan avval u agentlikda Muvofiqlikni baholash va sifat tizimlarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
- Azamat Abdurahmonov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oliy ta’lim vazirining o‘rinbosarlari ishdan olingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust