Tatariston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Kecha, 22 mart kuni tunda Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kutib oldi.

Bugun, 23 mart kuni Rustam Minnixonov biznes vakillari va O‘zbekiston hukumati vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Rustam Minnixonov va Tatariston Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasidagi muhim voqealardan biri Chirchiq kimyo-sanoat texnoparkining tamal toshini qo‘yish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish bo‘ladi. Texnopark Qozonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda qurilmoqda. Texnopark hududida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega va xalqaro sifat standartlariga mos neft-kimyo va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov qarori bilan “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Ximgrad texnopolis tomonidan Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Rossiya kompaniyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga mo‘ljallangan sanoat parki tashkil etilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing