Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari qamalgani rostmi? Rasmiy izoh berildi
Jamiyat
−
25 mart 2023 12081 1 daqiqa
Avvalroq xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Agentlik ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
“Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik boshlig‘i A.Ermatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, hibsga olingan”, deyiladi bayonotda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr