Tashiyev “Kolya Qirg‘iz”ning 30 mln dollarlik mulki nimaga sarflanayotganini aytdi
Olam
−
27 noyabr 5599 3 daqiqa
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev tug‘uruqxona binosining qurilishi boshlanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirda davlatga qaytarilgan xususiylashtirilgan mulklar haqida gapirdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, ayrim provokatorlar tomonidan qonunga xilof ravishda xususiylashtirilgan ijtimoiy ob’ektlar, fabrikalar, zavodlar, ekin maydonlari, shuningdek, korrupsionerlar, uyushgan jinoiy guruhlar a’zolari tomonidan qaytarilgan mablag‘lar va mulklar davlatga qaytarilishi yuzasidan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda.
“Birgina Chuy vodiysida jinoyat boshlig‘i Qamchibek Asanbek (Kolya Qirg‘iz) ga aloqador bo‘lgan 30 million dollarlik 850 ta xonadon davlatga qaytarilib, ular ipoteka orqali aholiga berilmoqda”, dedi u.
Qolaversa, uyushgan jinoiy guruhga aloqador A. Gaydukov tomonidan noqonuniy ravishda xususiylashtirilgan To‘qmoq shahridagi “Qirg‘iz Too-Tash” marmar zavodi ham davlatga qaytarilib, daromad keltirmoqda. Kammolot kombinati, “Vinodel” zavodi, “Vegetella” parrandachilik fabrikasi, Qirg‘iziston kimyo metallurgiya va “Kasiyet” korxonalari, “Radio” zavodi, konserva zavodi, “Kaiynda” go‘sht kombinati ham davlatga qaytarildi.
Qayd etilishicha, shu kunga qadar Chuy viloyatida 100 dan ortiq ob’ekt qayta ta’mirlangan, jumladan, 23 ta ijtimoiy ob’ekt keng ko‘lamli ta’mirdan o‘tkazilib, foydalanishga topshirilgan. Masalan, To‘qmoq va Qora-Boltadagi avtovokzallar davlat tasarrufiga o‘tkazilib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Olamiddin tumanida ikkita maktab va bir bog‘cha mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Shuningdek, Qayindi, To‘qmoq, So‘quluq, Alamudun, Jayil, Issiq-Ota shaharlarida bolalar bog‘chalari, maktablar, sog‘liqni saqlash muassasalari, sport inshootlari, madaniyat muassasalari faoliyati tiklandi.
Shuningdek, “Ayu” xolding kompaniyasi egasi Sharshenbek Abdukarimovga tegishli 300 gektar yer va 100 milliard somlik mulk ham qaytarildi.
“Bu yer va mulklarning barchasi xalq va davlat manfaatlari yo‘lida foydalaniladi”, deya qo‘shimcha qildi Qamchibek Tashiyev.
Ma’lumot uchun, Qamchibek Asanbek Qirg‘iziston va MDHdagi eng nufuzli “vorzakon”lardan biri bo‘lgan. Taxallusi – “Kolya Qirg‘iz”. U narkotik biznesi, qurol-yarog‘ savdosi, tovlamachilik, qora ko‘chmas mulk, talonchilik, avtomashina o‘g‘irlash, banditizm, “pul yuvish”, davlat mulkini o‘g‘irlash va buyurtma asosida qotillik qilish bilan shug‘ullangan. U Qirg‘izistondagi millionerlardan biri edi.
2020 yildan beri Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kriminal avtoritetni bir necha bor hibsga olgan. 2023 yilning avgustida Qamchibek Ko‘lboyevga nisbatan jinoyat ishi da’vo muddati o‘tgani sababli tugatilgan. Kriminal avtoritet Qamchibek Asanbek Qozog‘istonda transmilliy jinoiy tashkilot tuzishda gumon qilingan. U 2023 yilning oktyabr oyida Bishkekda o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kolya Qirg‘iz”ning uyushgan jinoiy guruhiga aloqador 80 gektar yer davlatga qaytarilgandi.
Live
Barchasi