Tarixdagi eng yaxshi mundiallar reytingi tuzildi

Sport

image

“The Athletic” nashri tarixdagi eng yaxshi Jahon chempionatlari reytingini tuzdi. Unda 1970 yil Meksikada o‘tkazilgan mundial barcha davrlarning eng yaxshi turniri sifatida e’tirof etildi.

Nashrning qayd etishicha, mazkur musobaqa Jahon chempionatlari tarixida ilk bor rangli tasvirda namoyish etilgan.

Shuningdek, aynan shu turnirda birinchi marta futbolchilarni almashtirishga ruxsat berilgan hamda hakamlar sariq va qizil kartochkalardan foydalangan. Musobaqa finalda Braziliya Italiyani 4:1 hisobida mag‘lub etib, o‘zining uchinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Reytingning kuchli uchligidan 1982 va 1986 yilgi Jahon chempionatlari ham joy olgan. Kuchli o‘ntalikka XXI asrda o‘tkazilgan to‘rtta turnir kiritilgan. 2006 yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundial beshinchi, 2014 yil Braziliyada o‘tkazilgan Jahon chempionati yettinchi, 2018 yil Rossiya maydonlarida tashkil etilgan turnir to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. 2026 yilgi Jahon chempionati esa “The Athletic” tomonidan o‘ninchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi mundial finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing