Tarixda ilk bor O‘zbekiston chempionati klublari qiymati Qozog‘istonni ortda qoldirdi
Sport
−
26 fevral 6595 2 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi klublari qiymatining umumiy yig‘indisi Qozog‘iston Premer-ligasidan o‘zib ketdi. Bu haqda “Myasiasport news” Telegram sahifasi xabar berdi.
Oldin Qozog‘iston klublarining umumiy qiymati o‘zbek klublarinikidan o‘rtacha bir yarim baravar ko‘p bo‘lgan. Masalan, 2023 yilda Qozog‘iston klublari tarkibining umumiy qiymati 138,5 million yevroni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘zbek klublari uchun bu ko‘rsatkich 88,5 million yevroni tashkil qilgan.
O‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich deyarli teng edi– Qozog‘iston ligasi 76,69 million yevro, O‘zbekiston chempionati qiymati esa 76,10 million yevro, ammo endi O‘zbekiston Superligasi bu borada oldinga chiqib oldi va farq 25 million yevroni tashkil qilmoqda.
“Bu “yutuq” birinchi navbatda Qozog‘iston klublari arzonlashgani bilan bog‘liq bo‘lib, bu yerda legionerlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish qisqartirilganini ko‘rish mumkin. Mayli, O‘zbekiston Superligasi ikki klubga kengaygan, ammo bu holat qozog‘istonliklarni umuman bezovta qilmaydi. Ayni paytda Qozog‘iston ligasi albatta qimmatlashadi, chunki transfer oynasi yana 37 kun ochiq, ko‘p klublar hali o‘z ro‘yxatini shakllantirishga to‘liq ulgurmagan”, deyiladi manba xabarida.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda transfer oynasi 25 fevral kuni kechqurun rasman yopildi. Qozog‘iston klublari esa hali o‘z tarkiblarini kuchaytirib olish uchun yetarli vaqtga ega va ligalar qiymati bo‘yicha tafovut o‘zgarish ehtimoli katta.
Live
Barchasi