Tarixda ilk bor mundial ochilish uchrashuvida 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
Sport
−
12 iyun 2246 1 daqiqa
Jahon chempionati ochilish o‘yinlari tarixida birinchi marta bitta uchrashuvda 3 nafar futbolchi qizil kartochka oldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Kecha, 11 iyun kuni Mexiko shahridagi “Asteka” stadionida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 49-daqiqasida braziliyalik hakam Uilton Sampayo Janubiy Afrika yarim himoyachisi Sfivelo Sitolega qizil kartochka ko‘rsatdi. Keyinchalik, yana bir futbolchi Temba Zvane ham maydondan chetlatildi.
O‘yinning 90+2-daqiqasida Meksika terma jamoasi sardori Sezar Montes ham qizil kartochka oldi.
Avvalgi rekord 1990 yilgi Italiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatiga tegishli edi. O‘shanda Argentina va Kamerun o‘rtasidagi ochilish o‘yinida ikki futbolchi maydondan chetlatilgan: Kamerun himoyachisi Andre Kana-Biyik qizil kartochka olgan, uning hamyurti Benjamin Mascing esa, ikki sariq kartochkadan keyin maydonni tark etgan.
Jahon chempionatida bitta o‘yinda eng ko‘p qizil kartochka 2006 yilda qayd etilgan. Portugaliya va Niderlandiya o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvida hakam Valentin Ivanov to‘rt nafar futbolchini maydondan chetlatgan.
Live
Barchasi