Taremining Eronga qaytishi haqida ma’lumot berildi
Sport
−
11:50 1158 1 daqiqa
“Olimpiakos” hujumchisi Mehdi Taremining Yevropani tark etib, Eron armiyasiga qo‘shilish uchun vatanga qaytishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchining agenti Federiko Pastorello rasmiy raddiya bilan chiqdi.
“Oxirgi bir necha soat ichida Mehdi Taremiga tegishli ekani aytilgan, ammo haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydigan bayonotlar tarqalmoqda. Futbolchi Afinadagi faoliyatiga va professional vazifalariga to‘liq e’tibor qaratgan holda ishlamoqda”, deydi Pastorello.
Ayrim manbalarda hujumchi havo hujumlaridan keyin o‘z mamlakatiga yordam berish va Eronda demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida shartnomasini bekor qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Agentning ta’kidlashicha, murakkab vaziyatda noto‘g‘ri talqin qilingan iqtiboslar asossiz.
Mehdi Taremi 2025 yil iyul oyida “Olimpiakos” safiga qo‘shilgan. Joriy mavsumda u 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi