Talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun ariza berish boshlandi
Jamiyat
−
01 Avgust 2025 5903 2 daqiqa
Bugun, 1 avgust kunidan boshlab oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turarjoyi uchun arizalar qabul qilina boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (oliy ta’lim muassasalari talabalarini turarjoy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan, 1 avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishi mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turarjoylariga qabul qilinadi:
- “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
- xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar;
- bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
- xalqaro va vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;
- vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari;
- “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;
- “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;
- talabalar turarjoyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
- 1-kurs talabalari uchun 55-65 foiz;
- 2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
- 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20-25 foizgacha ajratiladi.
Bildirilishicha, arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, 2025-2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari tasdiqlangandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr