Surxondaryodagi YTHda 14 yoshli bola vafot etdi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2022 7299 1 daqiqa
Joriy yilning 9 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 2 nafar voyaga yetmagan shaxs Nexia rusumli avtomashinada yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, YTH tungi soat 1:00 larda yuz bergan. Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan ikki nafar voyaga yetmagan qarindosh aka-ukalar mashinada harakatlanib ketayotganda Yoshg‘ayrat mahallasi hududida boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va avariya yuz bergan.
Oqibatda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Live
Barchasi