Surxondaryoda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yuk mashinasi kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni soat 15:40 da Jarqo‘rg‘on tumanining “Do‘stlik” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga asosan, voqea joyiga FVB yong‘in qutqaruv otryadi yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasi kanaldan chiqarib olingan.

“Voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanaliga Cobalt mashinasi tushib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing