Surxondaryoda 71 yoshli erkak tushlik tayyorlamagan xotinini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida 71 yoshli erkak tushlik tayyorlamagan xotinini o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 15 sentyabr kuni taxminan soat 14:30 da Sariosiyo tumani “Afrosiyob” mahallasida sodir bo‘lgan. Erkak uyda ovqat yo‘qligidan norozilik bildirgan, ayol esa unga “uy ishlariga umuman yordam bermaysan, faqat ovqat talab qilasan” deb javob bergan. Mojaro ortidan erkak oshxona pichog‘ini olib hovliga chiqqan va xotinining chap ko‘ksiga ikki marta pichoq urgan. Jarohatlar yurak, o‘pka va aortani shikastlagani sababli ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Sudda erkak aybini tan olib, kelib chiqqan mojaroning sababi “doimiy tushunmovchiliklar” bo‘lganini aytgan. Shuningdek, aniqlanishicha, jabrlanuvchi 2024 yildan beri surunkali buyrak kasalligidan aziyat chekkan va I guruh nogironi bo‘lgan. Og‘ir ahvoliga qaramay, erkak xotinini muntazam haqorat qilgan. Sud voqeani qasddan odam o‘ldirish, deb baholab, uni umumiy tartibli koloniyada 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda er alimentdan voz kechmagan xotinini mashinada urib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo erkak xotin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing