Surxondaryoda 11 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari “uxlatildi”

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarlari katta miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, "O.B." MCHJning rahbari R.H. bog‘ tashkil etish va qishloq xo‘jaligi texnikalari sotib olish uchun ajratilgan kredit evaziga hududda bog‘ tashkil etmasdan, jami 6,1 milliard so‘m mablag‘ni boshqa maqsadlarda sarflab yuborgan.

Departament xabariga ko‘ra, "B-N." va "Ch-P." MCHJlarning rahbari U.X. ajratilgan kredit mablag‘lar evaziga qo‘shni Qozog‘istondan olib kelingan chorva mollarni boshqa shaxslarga sotib yuborgan. U jami 5,1 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. 

Shuningdek, U.X. 102,1 million so‘m qo‘shimcha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish, talon-toroj qilish), 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) va 184-moddasi (soliqlar, yig‘imlarni to‘lamaslik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing