Suriyadagi keskinliklar fonida Erdo‘g‘an ash-Sharaga sim qoqdi
Olam
−
19 yanvar 1995 2 daqiqa
Kecha, 18 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan telefon orqali suhbatda mamlakatdan terrorizmning to‘liq yo‘q qilinishi Suriyaga ham, butun mintaqaga ham zarur ekanligini ta’kidlagan. Bu haqda “Anadolu Agency” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya va Suriya rahbarlari o‘rtasidagi muloqot davomida ikki tomonlama aloqalar va Suriyadagi so‘nggi voqealar muhokama qilingan. Erdo‘g‘an Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligi, birligi, barqarorligi va xavfsizligini juda muhim deb bilishini alohida ta’kidlagan.
“Turkiyaning Suriyaga turli sohalarda, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi yordami yanada ortib boradi”, dedi Erdo‘g‘an ash-Shara bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, 2026 yilning 7 yanvar kuni Suriyaning Halab shahrida Suriya armiyasi va Suriya Demokratik kuchlari (SDK) o‘rtasida halokatli to‘qnashuvlar qayta boshlangandi. Zo‘ravonliklar va uni kim boshlagani haqida ayblovlar almashinuvi, markaziy hukumatga qo‘shilishga qarshilik ko‘rsatgan Damashq va kurd rasmiylari o‘rtasidagi kelishmovchilik chuqurlashib, halokatli oqibatlarga olib kelgan.
O‘shandan buyon to hozirga qadar davom etayotgan to‘qnashuvlar ortidan Suriya armiyasi Kurd yetakchiligidagi SDK kuchlariga qarshi janglarda Sharqiy Suriyaning yirik neft va gaz konlarini egalladi. Jumladan, mamlakatdagi eng yirik Omar neft koni va Conoco gaz koni Suriya hukumatining nazoratiga o‘tdi. Bu hududlar Furot daryosining sharqida joylashgan bo‘lib, SDK uchun asosiy daromad manbai hisoblangan.
Live
Barchasi