Superkompyuter APLdagi asosiy favoritni aniqladi
Sport
−
09 fevral 1499 1 daqiqa
“Opta” superkompyuteri Angliya Premer-ligasi jamoalarining ushbu mavsumdagi chempionlik imkoniyatlarini baholadi. Prognozlarga ko‘ra, Londonning “Arsenal” jamoasi yetakchi da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda.
“Opta” superkompyuteri tahlillariga ko‘ra, “Arsenal”ning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 91,41 foizga baholangan. Ikkinchi o‘rinni 7,09 foiz imkoniyat bilan “Manchester Siti” jamoasi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni esa Birmingemning “Aston Villa” jamoasi yakunlamoqda. Unai Emeri jamoasining chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatlari 1,36 foiz deya baholangan.
Ma’lumot uchun, hozirda “Arsenal” Premer-liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa “Manchester Siti”dan olti ochko oldinda bormoqda. “Aston Villa” 47 ochko bilan uchinchi o‘rinda, to‘rtinchi o‘rinda esa 44 ochko bilan “Manchester Yunayted” bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Opta” superkompyuterining yangi prognoziga ko‘ra, Angliyaning “Arsenal” jamoasi 2025-2026 yilgi UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun 30 foiz imkoniyatga ega va musobaqa g‘olibligi uchun asosiy favorit deya baholangan edi.