Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Superkompyuter YeCHL g‘olibini taxmin qildi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan keyin turnirda “Barselona” g‘olib bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubining musobaqada zafar quchish imkoniyati 20,4 foizni tashkil etmoqda. Bu borada 2-o‘rinda PSJ, 3-pog‘onada esa “Arsenal” klubi qayd etildi.

E’tiborlisi, turnirning amaldagi chempioni Madridning “Real” klubi musobaqa g‘olib bo‘lishi kutilayotgan top-4 jamoa safiga ham kiritilmadi. Musobaqada chempion bo‘lish bo‘yicha “qaymoqranglilar” 5-o‘rinda qayd etildi. Milanning “Inter” klubiga YeCHLda g‘olib bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4-jamoa sifatida qaralmoqda.

Ma’lumot uchun, YeCHL chorak finalining dastlabki o‘yinlari 8-9, javob bahslari esa 15-16 aprel kunlari o‘tkaziladi. Final 1 iyun sanasiga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Superkomp'yuter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing