Sudandagi to‘qnashuvlarda 100 ga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi

Olam

image

Sudanda bir necha kundan beri armiya va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lmoqda. Janglar chog‘ida 97 kishi halok bo‘ldi, 942 kishi yaralandi. Bu haqda mamlakatdagi mahalliy shifokorlar uyushmasi xabar berdi.

Asosiy janglar Xartumdagi hukumat inshootlari, jumladan, Prezident saroyi va qurolli kuchlar bosh qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.

To‘qnashuvlar yana bir qator boshqa shaharlarda, jumladan, Janubiy Darfur provinsiyasi markazi bo‘lgan ikkinchi eng zich joylashgan Nyala shahrida ham sodir bo‘lmoqda.

Tezkor harakat kuchlari (RSF) mamlakatning kamida uchta aeroportini, shuningdek, bir qator harbiy ob’ektlar va Prezident saroyini egallab olganini ma’lum qilgan. Ammo Sudan armiyasi bu ma’lumotni rad etgan.

Mamlakat harbiy-havo kuchlari tinch aholini uyda qolishga chaqirgan.

“The Africa Report” nashriga ko‘ra, Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi va foydali qazilmalarni, xususan, oltinni birgalikda qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Ma’lumot uchun, Suveren kengashga (mamlakat boshqaruv organi) ham rahbarlik qilayotgan armiya qo‘mondoni Abdulfattoh al-Burxon va uning kengashdagi o‘rinbosari maxsus kuchlar qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli Sudanda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Joriy yilning 15 aprel kuni avj olgan to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv Sudan qurbonlar Abdulfattoh al-Burxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing