SSV Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirligi internet saytlarida e’lon qilingan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16 aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan. Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan.

Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llangan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bo‘shashtiradi, tinchlantiradi va uyqu chaqiradi.

Joriy yil 22 aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib boriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing