“Spartak”ning sobiq futbolchisi 29 yoshida vafot etdi
Sport
−
15 iyul 2022 14591 1 daqiqa
Rossiyaning “Spartak” klubining sobiq futbolchisi Aleksandr Kozlov vafot etdi. Marhum atigi 29 yoshda edi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘limiga qon tomirlaridagi trombning bexosdan yorilib ketishi sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, futbolchining ahvoli Krasnogorsning “Zorkiy” klubi bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotganda mashg‘ulotlardan keyingi massaj paytida og‘irlashgan.
Kozlov Moskvaning bosh jamoasidan tashqari “Tyumen”, “Ximki”, “Tosno”, “Fakel”, Qozog‘istonning “Okjetpes”, Qrimning “Aluston-YUBK” kabi klublarda ham to‘p tepgan.
Ma’lumot uchun, “Spartak” safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr