Soliq qo‘mitasi keshbek to‘lovlari nega kechikayotganini tushuntirdi

Jamiyat

image

Soliq qo‘mitasi soliq keshbeklarini to‘lash kechikayotgani sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda joriy yilning 8 iyun kuni blogerlik faoliyatida soliq ma’muriyatchiligiga bag‘ishlangan onlayn-muloqot doirasida so‘z yuritildi.

Soliq qo‘mitasining Umumbelgilangan soliq ma’murchiligi boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Alisher Otajonov soliq to‘lovchilarga bu masalada 1198 qisqa raqamiga murojaat qilishni tavsiya etgan. Murojaatdan so‘ng soliq organlari mutaxassislari chekning holatini tekshirishi va keshbek to‘lanishi nima sababdan kechikayotganiini aniqlashi mumkin.

“Keshbek to‘lanmasligining sabablaridan biri – siz xarid qilgan va to‘lovni amalga oshirgan yuridik shaxs hali soliq hisobotini topshirmagani bo‘lishi mumkin. Ikkinchi ehtimoliy sabab esa ushbu yuridik shaxsning soliq organlari oldida to‘lanmagan qarzdorligi mavjudligidir”, deydi Iqtisodiy tahlil va yashirin iqtisodiyot monitoringi boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Kamola Ahmedjonova. 

Uning aytishicha, aynan mana shunday holatlarda fuqarolarga pul mablag‘larini o‘tkazib berish kechiktirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 milliard so‘m mablag‘larni keshbek sifatida talon-toroj qilgan bir guruh shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing