Sirdaryoda Captiva yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor (video)
3-sahifa
−
09 avgust 8252 1 daqiqa
Bugun, 9 avgust Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Captiva rusumli avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida yengil avtomobilda bo‘lgan uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Xovos tumani “Paxtakor” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining Toshkent–Yangiyer yo‘nalishida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Mirzaobod tumanidagi xususiy kompaniyaga tegishli SHACMAN rusumli yuk mashinasini Xitoy fuqarosi boshqarib borayotgan bo‘lgan. U yo‘lning ikkinchi qatnov qismidan ortga qayrilmoqchi bo‘lgan. Biroq birinchi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Captiva’ni o‘tkazib yubormasdan burilgan.
Oqibatda yuk mashinasi Captiva bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng yengil avtomobil darhol yonib ketgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida Captiva’da bo‘lgan uch kishi – haydovchi va ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda tiriklayin yonib ketgan inson ham ko‘ringan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Nurobod tumanida MAN rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqib, uning beton to‘siqqa urilib ag‘darilishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust