Sindorov nufuzli turnirda Nakamurani yengdi

Sport

image

Kecha, 10 fevral kuni Germaniyaning Vayssenxaus shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam” turniri chorak finalining ikkinchi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada g‘oliblik uchun kurashayotgan o‘zbekistonlik Javohir Sindorov amerikalik Hikaru Nakamura bilan ikkinchi bahsda ham durangga imzo chekdi. Tay-brekda esa Javohir raqibini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.

Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov esa norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi ikkinchi o‘yinda ham imkoniyatni boy berdi. Endi Abdusattorov turnirda 5-o‘rin uchun kurash olib boradi. 

Shunday qilib, musobaqaning yarim finalida germaniyalik Vinsent Kaymer, amerikalik Fabiano Karuana, norvegiyalik Magnus Karlsen va o‘zbekistonlik Javohir Sindorov ishtirok etadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen Hikaru Nakamura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing