Si Kim bilan aloqani mustahkamlamoqchi

Olam

image
Kim Chen In va Si Szinpin muhim masalada kelishib oldi (video) north_east

Kim Chen In va Si Szinpin muhim masalada kelishib oldi (video)

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga yo‘llagan telegrammasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning uzoq muddatli va barqaror rivojlanishiga hamkorlikda ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.

Qayd etilishicha, telegramma joriy yilning 1 iyul kuni Kim Chen Inning Xitoy Kommunistik partiyasi tashkil topganligining 105 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigiga javoban yuborilgan. Si Szinpin tomonlar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashni hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga hissa qo‘shishni davom ettirishini bildirgan.

XXR Raisi, shuningdek, Kim Chen Inga tabrik hamda yaqinda KXDRga uyushtirgan davlat tashrifi davomida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirgan. U Xitoy Kommunistik partiyasi va Koreya Mehnat partiyasi o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik va do‘stlikni alohida qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin 2019 yildan beri ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgani va so‘nggi yetti yil ichidagi ilk davlat tashrifi davomida Kim Chen In bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu tashrif Xitoy uchun yagona hisoblangan Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi mudofaa shartnomasi tuzilganligining 65 yilligiga bag‘ishlangan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing