Shveysariya ilonlar sabab yangi mashg‘ulot bazasi qidirmoqda

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSHning Kaliforniya shtati San-Diyego shahriga joylashgan Shveysariya terma jamoasi ilonlar sabab shoshilinch ravishda yangi qarorgoh qidirmoqda. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi. 

Bunga jamoa mehmonxonasi yaqinida zaharli ilonlar topilgani sabab bo‘lgan. Shveysariya futbol assotsiatsiyasi futbolchilar va jamoa xodimlarini “ilonlar hududi”dan uzoq yurish haqida ogohlantirgan. Hatto xavfli hudud joylashuvi maxsus xaritada ham ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, San-Diyego okrugi ilonlar eng ko‘p uchraydigan hududlardan biri hisoblanadi. Mintaqada yashaydigan ilonlarning to‘rt turi zaharli sanaladi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida Shveysariya terma jamoasi Kanada, Bosniya va Gersegovina hamda Qatar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Jamoa mundialdagi ilk uchrashuvini joriy yilning 13 iyunidan 14 iyuniga o‘tar kechasi Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida maydonlarning sifatsizligi sabab Meksikadagi mashg‘ulot bazasini o‘zgartirishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Shveytsariya Kaliforniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing