Shri-Lankadagi qamoqxonada qonli to‘qnashuv: 25 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Shri-Lanka poytaxti Kolombo yaqinidagi Negombo qamoqxonasida ikki guruh mahbus o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizliklar kecha, 5 iyul kuni boshlangan va bugun, 6 iyul kuni ham davom etgan. Halok bo‘lganlar orasida mahbuslar ham, qamoqxona xodimlari ham borligi aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, to‘qnashuv sud hukmi chiqarilgan mahkumlar va tergov ostida saqlanayotgan mahbuslar o‘rtasida yuz bergan. Mojaroga nima sabab bo‘lgani hozircha rasman ma’lum emas.

Hududdagi davlat shifoxonasiga 100 nafardan ortiq jabrlanuvchi olib borilgan. Hozircha ularning olgan jarohatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan. To‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani rasman ma’lum emas. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Shri-Lankadagi qamoqxonalar uzoq yillardan buyon o‘ta gavjumligi bilan ajralib turadi. Hozirda mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalari 10 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ularda 39 mingdan ortiq mahkum saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelaning Barinas shtatidagi INJUBA qamoqxonasida mahbuslar jazoni ijro etish muassasasini egallab olib, ommaviy norozilik boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing