“Shovot-Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasi ishga tushirildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 noyabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Shovot-Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylashgan.

Bu yerda “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uchun zarur infratuzilma, shuningdek, katta avtoturargoh ham tashkil etilgan.

Zona faoliyati umumiy aholisi 3,5 milliondan ziyod bo‘lgan ikkita muhim hudud – O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kecha, 16 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga kelgandi. U Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Bugun, 17 noyabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushgach, tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.  Yetakchilarning muzokaralari kengaytirilgan tarkibda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing