Shimoliy koreyalik futbolchilar Kim Chen In bilan yig‘lab ko‘rishdi (video)
Sport
−
11:03 4472 1 daqiqa
Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen In mamlakatning ayollar futboli bo‘yicha milliy terma jamoasi hamda “Nayegohyang” klubi futbolchilari bilan uchrashdi. Bu haqda KCTV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sportchilar mamlakat rahbarini olqishlar va ko‘z yoshlari bilan kutib olgan. Uchrashuv lavhalari Shimoliy Koreya davlat telekanali orqali namoyish etildi.
Avvalroq, ham Kim Chen In 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi hamda OFK Ayollar Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan jamoalar futbolchilari va murabbiylari bilan uchrashgan edi.
Telelavhada Kim Chen Inning dastlab milliy terma jamoa a’zolari, so‘ngra esa “Nayegohyang” klubi futbolchilari bilan qo‘l berib ko‘rishgani aks etgan. Kadrlarda sportchilarning quvonchdan ko‘zlariga yosh olib, davlat rahbarini olqishlar va qarsaklar bilan kutib olayotgani ko‘ringan. Qo‘l berib ko‘rishgandan keyin har bir futbolchi Kim Chen Inga ta’zim qilgan.
Uchrashuv yakunida Shimoliy Koreya rahbari har ikki jamoa bilan esdalik suratiga tushgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 may kuni OFK Ayollar Chempionlar ligasi yarim finalida “Nayegohyang” Janubiy Koreyaning “Suvon” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Bu ikki davlat ayollar klublari o‘rtasida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan ilk rasmiy uchrashuv bo‘ldi.
Live
Barchasi