Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shin yubordi – Seul

Olam

image

Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha harbiylarni yubordi, ammo ularning soni hozircha noma’lum. Bu haqda Seuldagi razvedka agentligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha qo‘shinlar Rossiyaning Kursk viloyatidagi jang maydonlariga joylashtirilgan. Rossiya qo‘shinlari Ukraina chegarani kesib o‘tib hujum qilgan hududlarda jang qilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) matbuot kotibi bu haqda izoh berish uchun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Bungacha NIS Shimoliy Koreya Rossiyaga Ukraina urushida ishtirok etish uchun 11 000 dan ortiq askar yuborganini bildirgan edi. Ukraina va G‘arb ekspertlari Rossiya qo‘shinlari Shimoliy Koreya qurollaridan ham foydalanganini ta’kidlab kelishmoqda.

Shimoliy Koreya hali Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatayotganini rasman tan olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kursk viloyatida rus qo‘shinlari bilan birga jang qilgan Shimoliy Koreya askarlari yanvar oyi o‘rtalaridan beri harbiy xizmatdan chetda qolgani haqda ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing