Rossiya TIV Sherzodxon Qudratxo‘janing intervyusi sabab rasmiy izoh talab qildi
Olam
−
14 fevral
25851Sherzodxon Qudratxo‘janing intervyusi ortidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda "RIA novosti" xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘janing o‘zbek tilini bilmaydigan respublika fuqarolari haqidagi intervyusi sabab bo‘lgan.
“Bunday mulohazalarning mazmuni va ohangi Rossiya va O‘zbekistonni bog‘lovchi chuqur strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga mutlaqo ziddir”, deya o‘z noroziligini ifodalagan Rossiya TIV.
Shuningdek, departament yaqin orada O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu "jirkanch" bayonotlarga to‘g‘ri baho berilgan rasmiy izoh taqdim etishini talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Milliy media birlashmasi raisi, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z intervyusida bir mamlakatda yashab turib, uning tilini bilmaydiganlarni “bosqinchi yoki ahmoq” deya atagan. Shundan so‘ng, "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov jurnalist bilan har qanday aloqalar to‘xtatilishi va uning o‘zi, qarindoshlariga Rossiyaga kirish taqiqlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi