Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi boshlandi
Jamiyat
−
01 iyun 2019 10335 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va aholi turmush tarzi bilan tanishish maqsadida hududlarga tashrif buyuradi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi boshlandi.
Davlat rahbari dastlab Angren shahrida joylashgan vokzal va savdo majmuasini ko‘zdan kechiradi.
So‘ngra Ohangaron shahridagi Davlat xizmatlari markazining yangi binosi hamda Ohangaron tumanida ish boshlayotgan g‘isht zavodidagi bir qator loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi