Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
22 dekabr 1176 1 daqiqa
Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 21 dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Davlat rahbariga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 22 dekabr kuni Prezident Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketgan. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr