Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli Saudiya Arabistoni rahbariyati va xalqi bilan birdamligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Saidovga ko‘ra, u Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat chog‘ida Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat atroflicha muhokama qilinib, uning xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka ta’siri yuzasidan fikr almashilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Saudiya Arabistoni rahbariyati va xalqiga yo‘llagan birdamlik so‘zlarini yetkazdik”, deydi Saidov.

Shuningdek, muloqot davomida mintaqada keskinlikni pasaytirish, ishonchni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘llagani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etish joiz, bungacha Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli QatarQuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgan hamda Ummon sultonligini va Iordaniyani qo‘llab-quvvatlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Eron Saudiya Arabistoni Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing