Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifini yakunladi
Jamiyat
−
06 iyun 3271 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Sankt-Peterburgdagi tadbirlar doirasida 4 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yetakchilar O‘zbekistondagi birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.
Prezident 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi tadbirlarida qatnashib, yalpi yig‘ilishda nutq so‘zladi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida Rossiya O‘zbekiston uchun mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi ekanini ta’kidlagandi.
Live
Barchasi