Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi
Jamiyat
−
20:36 718 1 daqiqa
Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda mamlakatda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
O‘tgan yilning oktyabr oyida birinchi kam quvvatli reaktor binosi uchun poydevor qo‘yish ishlari boshlangani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Elektr stansiyani loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, o‘tgan yili “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or muhandislik maktabi ishga tushirilgan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash, sohada malakali kadrlarni tayyorlash, fanni rivojlantirish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Live
Barchasi