Shavkat Mirziyoyev Pashinyan bilan telefonda gaplashdi
Jamiyat
−
13:46 788 1 daqiqa
Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Shu ma’noda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etilgan.
Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘laydigan logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish orqali o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan.
Prezident mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘ladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholagan.
Ikki va ko‘p tomonlama, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.
Live
Barchasi