Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini mukofotladi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida davlat rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirgan.

Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilingan.

O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surgan.

Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etilgan.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari Ollohshukur Poshshozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini topshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing