Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi
Jamiyat
−
22 aprel 2235 1 daqiqa
Bugun, 22 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ostonada Mintaqaviy ekologik sammit tadbirlari boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro ko‘rgazmalar markazida davlat rahbarini Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib olgan.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari milliy pavilonlar ko‘rgazmasi bilan tanishgan.

Qayd etilishicha, bo‘lajak tadbirlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari muhokama qilinadi.

Sammitlar yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi.
Live
Barchasi