Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tabrikladi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2019
3087Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga salomatlik va faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida o‘zbek-tojik strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga tomonlarning tayyor ekani aytib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 1952 yil 5 oktyabrda Tojikistonning Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. 1982 yilda Tojikiston davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
Imomali Rahmon 1994 yildan beri Tojikiston Prezidenti lavozimida faoliyat yuritib keladi.