Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
02 iyul 1647 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi