Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 15 may kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Tadbir davomida ko‘p tomonlama hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sun’iy intellektni amalda qo‘llash borasida yanada kengaytirish xususida so‘z yuritiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladi.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing