Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Jamiyat

image

Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va “Betaraflikning 30 yilligi” yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurilgan va tantanali ravishda ochilgan.

Prezident boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Ashxobod shahrida mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ashxobod Betaraflik monumenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing