Shakiraning JCH ochilishida kiygan kiyimi auksionga qo‘yiladi
Sport
−
16 iyul 6075 2 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati bilan bog‘liq qator noyob esdalik buyumlari, jumladan, xonanda Shakira sahnada kiygan libos ham turnir yakunlanganidan so‘ng, Christie’s auksion uyida xayriya maqsadida sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Christie’s va Global Citizen tashkilotlari FIFA’ning Global Citizen Education Fund jamg‘armasi foydasiga maxsus onlayn-auksion tashkil etadi.
“Auksionga Jahon chempionatining dastlabki 3 ta ochilish uchrashuvida ishlatilgan rasmiy to‘plar, shuningdek, Shakira, BTS va Madonna ishtirokidagi ilk Global Citizen yarim vaqt shousida sahnada foydalanilgan eksklyuziv buyumlar qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.
Auksion joriy yilning 22 iyulidan 29 iyuligacha Christie’s rasmiy sayti orqali o‘tkaziladi.
Tushgan mablag‘lar to‘liq FIFA’ning Global Education Fund jamg‘armasi hamda qashshoqlikka qarshi kurashuvchi Global Citizen nodavlat tashkilotiga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar dunyoning 200 mamlakatidagi bolalar uchun ta’lim va futbol bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga sarflanadi.
“The Athletic” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, auksion lotlari orasida Lionel Messi, Raul Ximenes va AQSH terma jamoasi futbolchilari imzo chekkan futbolkalar, Jahon chempionati finalining rasmiy to‘pi, ochilish o‘yinlarida ishlatilgan to‘plar hamda turnirning rasmiy qo‘shig‘i – “Dai Dai” klipida Shakira kiygan sahna libosi ham bo‘ladi.
2026 yilgi Jahon chempionatining finali 19 iyul kuni Nyu-Jersi shtatidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Uchinchi o‘rin uchun bahs esa 18 iyul kuni Mayami shahrida Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Live
Barchasi