Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonga 10-turda kimlar raqiblik qiladi?

Sport

−

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Samarqand mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 10-tur bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Armanistonga qarshi dona suradi.

Shuningdek, O‘zbekiston-2 terma jamoasi turnir peshqadamlaridan bo‘lmish Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib borsa, O‘zbekiston-3 terma jamoasi Isroil jamoasiga qarshi to‘qnash keladi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Peruga qarshi dona suradi.

Shaxmat Olimpiadasining hal qiluvchi va murosasiz kechishi kutilayotgan 10-turida terma jamoalarimizni navbatdagi jiddiy sinovlar kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi AQSH ustidan g‘alaba qozongandi. Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston 16 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarda 15 ochko bilan Hindiston va O‘zbekiston-2 terma jamoalari bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing